12:02 / 23.03.2020
3 750

O‘zbekiston elchixonasi “Vnukovo” aeroportidagi vaziyatga izoh berdi

O‘zbekiston elchixonasi “Vnukovo” aeroportidagi vaziyatga izoh berdi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan xabarga ko‘ra, qiyin vaziyatda qolgan vatandoshlarga yordam berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Xususan, 24 soatlik Operativ shtab tashkil etildi, vatandoshlarimizning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lish va mehnat patentlari muddatlarini mamlakatni tark etmasdan uzaytirish masalasi hal qilindi, karantin choralariga qaramay o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalaridan chiqarib yubormaslik bo‘yicha Rossiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan ish olib borildi, Rossiya tomonidan COVID-19 virusini aniqlash uchun test-tizimlari olindi. Vatandoshlarni Rossiyadan olib chiqish uchun beshta charter reysi va uchta temir yo‘l poyezdi tashkil etildi, deyiladi TIV xabarida.

Ma’lum qilinishicha, elchixona o‘z vatanlariga ucha olmagan va Moskva aeroportlarida qolib ketgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatni doimiy nazoratga olgan. Elchixona diplomatlari har kuni aeroportlarga tashrif buyurib, joylardagi ahvolni o‘rganmoqda va u yerdagi fuqarolarimizga oziq-ovqat tashkillashtirishda yordam bermoqda.

Elchixona tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasida “Vnukovo” aeroporti rahbariyati vatandoshlarimizning vaqtincha turishi uchun “B” terminalini ajratdi, u yer tibbiy punkt, sanuzel, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

Shuningdek, diplomatlarning barcha ishontirishlari va urinishlariga qaramay, “B” terminalida yaratilgan maxsus zona faqat kunlik ovqatlanish uchun ishlatilmoqda, ro‘yxatga olish punktlari esa hamyurtlarimizning doimiy turar joylari bo‘lib qolayotgani aytilmoqda.

Elchixona vatandoshlarga qulayliklar yaratish maqsadida ularni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobidan vaqtincha turar joy bilan ta’minlash masalasini ishlab chiqdi. Bugungi kunga qadar “Vnukovo” aeroportida kuniga uch marta ovqatlanish imkoniga ega taxminan 150 kishi uchun joylar tayyorlangan (raqam doimiy ravishda o‘zgarmoqda), bu haqda vatandoshlar tezda xabardor qilindi. Elchixonaning ushbu taklifini vatandoshlar inkor etmoqdalar va charter reyslarini kutib avia biletlarni rasmiylashtirish punktlarida qolishni afzal ko‘rmoqdalar.

Elchixona yangi charter reyslari tashkil etilgunga qadar 150 nafar hamyurtlarga “Vnukovo” aeroportida vaqtincha turar joy bilan ta’minlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi va o‘z ma’lumotlarini (pasport va bog‘lanish ma’lumotlari) “Vnukovo” aeroportidagi “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasiga kerakli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlarini so‘rab murojaat etadi.

Shu o‘rinda, mavjud vaziyat tufayli vatanga qayta olmaydigan va aviachiptalarga ega fuqarolar soni ko‘paygan taqdirda, o‘z vaqtida murojaat bo‘lganda, elchixona tomonidan ularni joylashtirish choralari ko‘rilishi aytildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston elchixonasi “Vnukovo” aeroportidagi vaziyatga izoh berdi