07:00 / 24 марта 2020
1 190

Selena Gomes qo‘llarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha chellenjni boshlab berdi (video)

Selena Gomes qo‘llarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha chellenjni boshlab berdi (video)
Kadr: Instagram/@selenagomez
Karantin vaqtida barcha soha vakillari qatori yulduzlar ham kishilarni uydan chiqmaslik va belgilangan tartib va qoidalarga amal qilishga chaqirmoqda. Elle nashrining xabar berishicha, mashhurlar ijtimoiy tarmoqlarda virtual konsertlar tashkil etish, xayriya uchun mablag‘ yig‘ish bilan birga, muxlislar va bolalar uchun qanday qilib uy-sharoitida ko‘ngil yozish mumkinligi haqida tavsiyalar bilan bo‘lishmoqda.

Instagram sahifasida 171 million obunachisi bo‘lgan Selena Gomes ham qanday qilib qo‘lni to‘g‘ri yuvish kerakligi bo‘yicha chellenjni boshlab berdi va ushbu video post ​kuzatuvchilarning ko‘plab layklariga sababchi bo‘ldi. Nafaqat koronavirus, balki istalgan boshqa virusdan saqlanishning eng asosiy ehtiyot chorasi qo‘lni muntazam ravishda, tartib-qoidalarga amal qilgan holda yuvish ekanligini inobatga olgan holda Selena eng dolzarb mavzuga e’tibor qaratgan deyish mumkin.

Videoda Selena qo‘lni 20 soniya barmoq va tirnoq oralari bilan yaxshilab yuvgandan keyin suv jo‘mragini qo‘l bilan emas, salfetka bilan yopishni, shundan keyingina qo‘llarni quritishni tavsiya qiladi. Qo‘shiqchi boshlab bergan chellenjni Oliviya Uayld va Margaret Kuelli davom ettirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)