14:01 / 24.03.2020
3 872

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ziyodi tuzalib ketdi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ziyodi tuzalib ketdi
Foto: «Reuters»
Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan-kunga kamaymoqda, ayni paytda kasalxonalarda 4 735 nafar inson davolanishda qolmoqda, jami bemorlarning 90 foizidan ziyodiga javob berilgan. Bu haqda «RIA Novosti» XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga asoslanib xabar berdi.

Katta Xitoy (materik)da koronavirus jami 81 171 nafar insonda aniqlangan, shulardan 73 159 nafari yoki 90,13 foizi davolanib chiqqan.

Epidemiya boshlanganidan beri, Xubey provinsiyasini hisoblamaganda, Xitoyda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 13 370 holat aniqlandi, shundan 117 tasi o‘lim bilan tugagan (0,87 foiz). Epidemiya o‘chog‘i Xubeyga esa jami koronavirus yuqtirish holatlarining 67 801 tasi to‘g‘ri keldi, pnevmoniyadan 3160 inson vafot etgan: o‘lim ko‘rsatkichi — 4,66 foiz.

Xubeyning va ayni paytda epidemiyaning markazi Uxan shahrida esa o‘limi ko‘rsatkichi 5,04 foizga teng bo‘ldi.
Xitoyda yangi turdagi koronavirus 3277 kishini hayotdan olib ketdi, mamlakat bo‘yicha bu virusdan o‘rtacha o‘lim ko‘rsatkichi — 4,03 foiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ziyodi tuzalib ketdi