06:26 / 25.03.2020
7 286

Bunaqasi bo‘lmagan! Islandiyada qo‘shaloq koronavirus aniqlandi

Bunaqasi bo‘lmagan! Islandiyada qo‘shaloq koronavirus aniqlandi
Foto: «Berforum.ru»
Islandiyada bemorlardan biri yangi koronavirusning birato‘la ikkita shtammini yuqtirib oldi, deya xabar berdi «Reykjavík Grapevine» jurnali «deCODE genetics» biofarmatsevtika kompaniyasi rahbari Kari Stefansson ma’lumotiga tayanib.

Ikkinchi shtamm Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirusning dastlabki versiyasi mutatsiyasi hisoblanadi. Mutaxassis fikricha, bu eng birinchi qo‘shaloq yuqtirish bo‘lishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, mutatsiyaga uchragan shtamm yana-da tajovuzkor. Chunki bemor u bilan muloqotda bo‘lgan odamlarga aynan shu turini yuqtirgan. Xalqaro ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning bunday turi Islandiyadan boshqa davlatlarda uchramagan.

«Frans Press» agentligi xabariga ko‘ra, Islandiyada 24 mart kuni 588 ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bunaqasi bo‘lmagan! Islandiyada qo‘shaloq koronavirus aniqlandi