11:00 / 25.03.2020
3 282

Volvo mashinasida 1,6 million km masofani bosib o‘tgan ayol taqdirlandi

Volvo mashinasida 1,6 million km masofani bosib o‘tgan ayol taqdirlandi
Foto: Motor
Volvo kompaniyasi 14 yil davomida V70 universal modeli bilan 1 million mil (qariyb 1,6 million kilometr) 25 masofani bosib o‘tgan kanadalik mijozi haqida so‘zlab berdi, deb xabar qiladi Motor'ga tayanib Daryo.

Shved markasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu kabi muhim hodisa sabab kompaniya ayolga esdalik sovg‘alarini topshirgan. Ammo gap nima haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Ayol avtomobilini turmush o‘rtog‘i bilan dilerning salonidan xayriya tadbirlarini tashkillashtirishda foydalanish uchun xarid qilgan. Avtomobil muntazam e’tiborga bo‘lgani uchun u yaxshi holatda saqlanib qolgan.

Foto: Motor
Kompaniya ayol aynan nima ish qilgani haqida batafsil ma’lumot bermagan. Biroq ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ayol Volvo’ning V60 universalini xarid qilgan. Shunga qaramay, oila eski avtomobilini sotishni istamagan va hozirda ham undan foydalanib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Volvo mashinasida 1,6 million km masofani bosib o‘tgan ayol taqdirlandi