10:07 / 26.03.2020
3 644

Yangi Zelandiyadagi masjidlarda 51 kishini o‘ldirgan jinoyatchi o‘z aybini tan oldi

Yangi Zelandiyadagi masjidlarda 51 kishini o‘ldirgan jinoyatchi o‘z aybini tan oldi
Foto: AP
Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi masjidlarda terakt sodir etishda ayblangan avstraliyalik Brenton Tarrant 51 kishini o‘ldirishda aybini tan oldi. Bungacha u o‘z aybini tan olishdan bosh tortib kelayotgandi. Bu haqda New Zealand Herald nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli Tarrant Kraystchyorch sudi yig‘ilishida videoaloqa orqali shahardagi ikkita masjidda sodir etgan otishmada 51 kishini o‘ldirganlikdagi va 40 ta suiqasddagi aybini tan olgan.

Ayblanuvchi 2019 yil 15 mart kuni Kraystchyorchdagi Linvud Masjid va Al-Nur masjidlariga bostirib kirib, u yerdagi odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Buning oqibatida 51 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin odam yaralangan.

Tarrant masjidlardan biriga hujumni videoga olib, uni Facebook’da jonli tarzda translyatsiya qilgan. U hujumni sodir etishdan oldin ijtimoiy tarmoqlarda millatchilik ruhidagi manifest e’lon qilib, unda musulmon davlatlardan Yevropaga va boshqa inglizzabon davlatlarga migratsiyaga qarshi ekanini bayon qilgan.

Otishmadan keyin politsiya teraktlar sodir etilgan masjidlarda bir nechta qo‘lbola portlovchi qurilmalarni aniqlab, ularni zararsizlantirgan.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern hujumlarni terakt deb atagan.

2019 yil mayida Tarrantga terrorchilik ayblovi ilgari surilgan. Dastlab u o‘z aybini tan olishdan bosh tortib kelgan. Uning ishi bo‘yicha sud jarayoni 4 mayda boshlanishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyadagi masjidlarda 51 kishini o‘ldirgan jinoyatchi o‘z aybini tan oldi