17:08 / 26.03.2020
6 319

Koronavirus epidemiyasi yillarga cho‘zilishi mumkin – AQSH virusologi

Koronavirus epidemiyasi yillarga cho‘zilishi mumkin – AQSH virusologi
Koronavirus epidemiya yillarga cho‘zilishi mumkin, deb ta’kidladi amerikalik virusolog, koronavirus infeksiyalari bo‘yicha mutaxassis Charlz Kelisher RBK’ga bergan intervyuda deb yozadi Sputnik.

Koronavirus tarqalishi davrida millionlab kishiga bu virus yuqishi mumkin, kasallanmagan insonlar esa epidemiyaning ikkinchi to‘lqinida virus tashuvchisi bo‘ladi.

Samarali vaksina paydo bo‘lmaguncha, bunday epidemiya tarqalishi ko‘p oy davom etishi mumkin. Biroq o‘shanda ham virus yo‘qolmaydi, chunki emlanmagan odamlar bo‘ladi. Emlash jarayoni ham vaqt talab etadi”, - dedi Kelisher.

Virusologning fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi 1918 yilda yuz bergan gripp pandemiyasi darajasiga yaqinlashi dargumon, chunki insoniyat oldinlab ketgan. Biroq millionlab odam virusni yuqtirib olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus epidemiyasi yillarga cho‘zilishi mumkin – AQSH virusologi