18:08 / 26.03.2020
11 068

Olimlar COVID-19 nega tez tarqalishini aniqladi

Olimlar COVID-19 nega tez tarqalishini aniqladi
Gonkong mikrobiologlarining fikriga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasining tez tarqalishi yuqumli kasallikning tashuvchilarida birinchi haftasida o‘ta yuqumli bo‘lishidir, deb yozadi South China Morning Post.

Olimlar yuqtirganlarning tupugini tahlil qilgandan so‘ng shunday xulosaga kelishdi. Namunalardagi virusning yuqori yuklama darajasi birinchi haftada eng yuqori bo‘lgan va keyinchalik asta-sekin pasaygan.

Mikrobiologlar tushuntirishicha, yuqori virusli yuklama deganda, odamga infeksiya yuqishidan keyingi dastlabki yetti kun ichida ikkinchisiga oson yuqishi mumkin va bu vaqt oralig‘ida virusni tashuvchida virusning simptomlari aniq ko‘rinmasligi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uch oy ichida pandemiya dunyoning aksariyat davlatlarini qamrab olgan, hozirgi kunda bu kasallik 480 mingdan, vafot etganlar soni esa 22 mingdan oshdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar COVID-19 nega tez tarqalishini aniqladi