12:42 / 27.03.2020
2 918

Afg‘onistonda 10 ming mahbus ozod etildi. Nega?

Afg‘onistonda 10 ming mahbus ozod etildi. Nega?
Afg‘oniston rasmiylari koronavirusning tarqalishini sekinlashtirish maqsadida 10 minggacha mahbuslarni - asosan ayollar, voyaga etmaganlar va kasallarni ozod etishni buyurdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning «The Telegraph» nashri xabar bergan.

Ushbu harakat mahalliy «COVID-19» holatlari ko‘payganidan va qo‘shni Erondan o‘n minglab afg‘onliklar pandemiya bilan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlardan qaytganidan keyin sodir bo‘ldi.

«Prezident Ashraf G‘anining farmoni ayollarga, yosh huquqbuzarlarga, og‘ir kasal bemorlarga va 55 yoshdan oshgan mahbuslarga qaratilgan», dedi Bosh prokuror Farid Hamidi.

«Farmon milliy va xalqaro xavfsizlikka qarshi jinoyatlar qilganlarga tegishli emas», deya izoh berilgan rasmiy bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda 10 ming mahbus ozod etildi. Nega?