17:06 / 27.03.2020
3 288

Boris Jonson koronavirus yuqtirib oldi

Boris Jonson koronavirus yuqtirib oldi
Foto: EPA/Vostock-photo
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusdan zararlangan. Bu haqda uning o‘zi tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
«So‘nggi 24 soatda menda yengil simptomlar paydo bo‘ldi va koronavirusni aniqlash bo‘yicha test natijasi ijobiy chiqdi», — degan Jonson.

Ayni vaqtda 55 yoshda bo‘lgan siyosatchi videomurojaati yakunida barchani uyda qolishga chaqirgan.

U Dauning-stritdagi qarorgohida karantinda qolmoqda, ammo hukumatni videokonferensiya aloqa orqali boshqarmoqda.
25 mart kuni Britaniya taxti vorisi — 71-yoshli shahzoda Charlzga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. Ayni vaqtda Shotlandiyada bo‘lgan shahzoda va rafiqasi o‘zlarini izolyatsiya qilishgan.
27 mart holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 11658 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 578 nafari vafot etgan, 135 kishi tuzalgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qirolicha Yelizaveta II koronavirus tufayli millatga telemurojaat qilishga tayyorlanmoqda. Bu uning 68 yillik boshqaruvi davrida to‘rtinchi marta rejadan tashqari telemurojaati bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniyada 23 mart kuni 3 haftalik karantin joriy etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson koronavirus yuqtirib oldi