18:33 / 27.03.2020
5 606

Turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir 2,5 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini muhtojlarga tarqatdi

Turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir 2,5 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini muhtojlarga tarqatdi
Foto: Instagram / @cznburak
Turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir restorani omborxonasidagi oziq-ovqat mahsulotlarini koronavirus karantini tufayli uyidan chiqa olmayotgan keksa insonlarga tarqatdi.

26 yoshli turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir Istanbul shahrida o‘z restoraniga ega. U katta o‘lchamdagi yeguliklarni tayyorlashi hamda o‘ziga xos tabassumi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur.

Burak O‘zdemir oshpazlikdan tashqari xayriya ishlari bilan ham tanilgan. U muntazam ravishda kam ta’minlangan oilalarga yordam beradi, bolalarni bepul ovqatlantiradi, jonivorlarga yordam ko‘rsatish uchun pul ajratadi.

Koronavirus pandemiyasi davrida Burak keksa insonlarga yegulik tarqatish aksiyasini o‘tkazdi.
O‘zdemirning aytishicha, restorani omborxonasidagi 2,5 tonnalik yog‘, sabzavot, meva, qahva, choy, makaron va boshqa mahsulotlar tarqatilgan.
Oshpazning yordamchilari maxsus idishlarga mahsulotlarni joylashtirgan, ularni Burakning shaxsan o‘zi tarqatib chiqqan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 27 mart holatida Turkiyada 3629 kishida koronavirus aniqlangan. 75 kishi koronavirusdan vafot etgan. Bir kechada virusni yuqtirish bilan bog‘liq 1196 ta holat qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir 2,5 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini muhtojlarga tarqatdi