22:55 / 27.03.2020
5 355

Koronavirus tarqalishining “italyancha ssenariy”siga tayyor turishimiz kerak - rossiyalik shifokor

Koronavirus tarqalishining “italyancha ssenariy”siga tayyor turishimiz kerak - rossiyalik shifokor
Kommunarkadagi 40-sonli shahar klinik shifoxonasining bosh shifokori Denis Protsenkoga ko‘ra, Moskvada Covid-19 koronavirus infeksiyasi tarqalish cho‘qqisi aprel oyining boshlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda u Palliativ yordam markazi direktori Nyuta Federmesserga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Men bu hafta oxirida eng yuqori darajaga yetadi deb o‘ylagandim. O‘sish bor ekan, endi men cho‘qqi kelgusi haftaning oxirida bo‘ladi deb o‘ylayman», - dedi Protsenko.

Kasalxonaning bosh shifokori, Rossiya koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun ortiqcha choralar ko‘rmayapti deb hisoblaydi. "Biz o‘zimiz uchun to‘siqlar va karantin choralarini qanchalik ko‘p ko‘rsak, shunchalik samaraliroq bo‘ladi", - dedi u.

Suhbat davomida Protsenko Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan "biz italyancha ssenariyga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak" deb aytdi. “Uddasidan chiqish yaxshiroq, - dedi u.

Dunyo bo‘yicha 26 mart kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 500 ming kishidan oshdi. AQSH, Xitoy va Italiyada yuqtirishning eng ko‘p holatlari - har bir mamlakatda 80 mingdan ortiq kishi. Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyoda ushbu holatlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi.

26 mart holatiga ko‘ra, Rossiyada 840 ta koronavirus qayd etilgan. 546 nafar bemor poytaxt Moskvada. Ikki nafar bemor vafot etdi, 38 nafari tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus tarqalishining “italyancha ssenariy”siga tayyor turishimiz kerak - rossiyalik shifokor