07:15 / 28.03.2020
2 975

Klopp: Shifokorlar «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylayotganini ko‘rib yig‘lab yubordim (video)

Klopp: Shifokorlar «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylayotganini ko‘rib yig‘lab yubordim (video)
Foto: Goal
«Liverpul» futbol klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi.

— Uyda qololmaydigan va ishlashda davom etayotgan odamlarga munosabatingiz qanday?
— Buni izohlash uchun ingliz tilidagi so‘z boyligim yetmaydi. Bu aql bovar qilmas, bu juda yaxshi. Kecha menga intensiv terapiya bo‘limi shifokorlari «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylayotgani tasvirlangan video jo‘natishdi. Bu videoni ko‘rib shu zahoti yig‘lab yubordim.

Bu odamlar shunchaki ishlayotganini emas, bu ishni to‘g‘ri kayfiyat bilan ado etayotgani anglatadi. Ular o‘zgalarga yordam berishga o‘rganib qolgan. Buni o‘rganishimiz kerak, chunki odatda bizni o‘z muammolarimiz qiziqtiradi, xolos.

Biroq bu ular uchun har kunlik ish. Ular bemorlarga yordam berib, o‘zini xatarga qo‘yadi. Men shunchaki o‘z kechinmalarimni yuzaga chiqarib berolmayapman», — deydi Klopp.

Ma’lumot uchun, «Jerri va uning sheriklari» guruhi tomonidan ijro etilgan «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘i «Liverpul» jamoasining madhiyasi hisoblanadi. Mazkur qo‘shiq har bir o‘yin oldidan «qizillar» muxlislari tomonidan ijro etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Klopp: Shifokorlar «You’ll Never Walk Alone» qo‘shig‘ini kuylayotganini ko‘rib yig‘lab yubordim (video)