06:00 / 28.03.2020
2 955

Shveysariyada boylarga karantin uchun hashamatli kvartiralar taklif etilmoqda

Shveysariyada boylarga karantin uchun hashamatli kvartiralar taklif etilmoqda
Foto: «Lebijou.com»
Shveysariyadagi Le Bijou Hotel & Resort mehmonxonalar tarmog‘i koronavirus tufayli karantinga olingan badavlat mijozlariga COVID-19 Service deb nomlangan yangi xizmatdan foydalanishni taklif etmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.

Mehmonxonalar tarmog‘i xususiy tibbiy xizmat bilan hamkorlikda puldor mijozlariga ovqat yetkazib berish, tibbiy xizmatlar, koronavirus bor-yo‘qligini tekshiruvchi testni ichiga olgan hashamatli hayot tarzini taklif qilishga tayyorligini bildirgan.

Bunda barcha mijozlar to‘liq izolyatsiya qilinadi.
Syurix, Sug va Lyutserndagi hashamatli kvartiralar yangi egalarini kutmoqda, deyiladi xabarda.

Kvartira va nomerlarda bir sutka yashash 200 frankdan 800 frankkacha (210 dollardan 840 dollargacha) baholanmoqda.
Le Bijou Hotel & Resort bunday nomerlardan 42 ta tayyorlab qo‘ygan. Qayd etilishicha, ularning yarmi allaqachon mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveysariyada boylarga karantin uchun hashamatli kvartiralar taklif etilmoqda