11:02 / 28.03.2020
3 404

Meksikada karantindagi erkak chips sotib olish uchun itini do‘konga yubordi (foto)

Meksikada karantindagi erkak chips sotib olish uchun itini do‘konga yubordi (foto)
Foto: Daily Mirror
Meksikada yashovchi erkak uy karantinida bo‘lgan vaqtida do‘kondan oziq-ovqat sotib olishning antiqa usulini o‘ylab topdi, deb yozadi Daily Mirror.

Antonio Munosning aytishicha, karantin paytida do‘konga oziq-ovqat sotib olish uchun uning chixuaxua zotiga mansub iti boradi.
Erkak karantinning uchinchi kunida itining bo‘yinbog‘iga xaridor uchun xat va pul bog‘lab, uni do‘konga yuborgan.

«Iltimos, itimga Cheetos chipslaridan biroz berib yuborsangiz. Qizilidan emas, sariq ranglisidan bering, qizili juda achchiq. Itimning bo‘yinbog‘ida 20 dollar bor. Aytib qo‘yay, itimni xafa qilsangiz, u sizni tishlab oladi», — deb yozdi erkak qog‘ozga.

Foto: Daily Mirror
Antonioning so‘zlariga ko‘ra, iti ushbu vazifani ado etishga ketayotganida biroz asabiylashgan. Birozdan so‘ng esa u paketga solingan chipslarni tishlab ortga qaytgan.

Foto: Daily Mirror
Antonio o‘zi xohlagan chipslarni olgan.

Ma’lumot uchun, chixuaxua dunyodagi eng mitti it turi hisoblanadi. Ularning bo‘yi uzunligi odatda 15 santimetrdan 23 santimetrgacha bo‘ladi. Og‘irligi esa uch kilogrammdan oshmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada karantindagi erkak chips sotib olish uchun itini do‘konga yubordi (foto)