14:44 / 28.03.2020
3 198

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirgan 13 kishi sog‘ayib, uyiga javob berildi

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirgan 13 kishi sog‘ayib, uyiga javob berildi
Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha 28 mart 11:50 holatiga ko‘ra, ushbu kasallikdan davolanib chiqqanlar soni 13 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Kazinform coronavirus2020.kzga tayanib xabar bermoqda.

Nur-Sultonda 11 kishi, Almatida 2 kishi davolanib chiqqan.

Ayni paytda qayd etilgan jami holatlar soni esa 204 tani tashkil qilmoqda. Jumladan, Nur-Sultonda - 117 kishi, Almatida - 58 kishi, Qarag‘andida - 4 kishi, Jambil viloyatida - 3 kishi, Atirau viloyatida - 4 kishi, Aqmola viloyatida - 5 kishi, Chimkentda - 2 kishi, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida - 2 kishi, Almati viloyatida - 4 kishi, Aqto‘be viloyatida - 1 kishi, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida - 1 kishi, Pavlodar viloyatida - 1 kishi, Mang‘istau viloyatida - 1 kishi, Qizilo‘rda viloyatida - 1 kishi ro‘yxatga olingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda koronavirus yuqtirgan 13 kishi sog‘ayib, uyiga javob berildi