16:23 / 28.03.2020
3 454

AQSHda g‘avvoslar daryo tubidan noyob avtomobillar kolleksiyasini topib oldi (video)

AQSHda g‘avvoslar daryo tubidan noyob avtomobillar kolleksiyasini topib oldi (video)
Foto: Motor
AQSHning Portlend shahrida g‘avvoslar yigiti bilan urushib qolgan qiz daryoga uning mashinasini cho‘ktirib yuborgani haqidagi mahalliy afsonani tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Biroq jamoa 20 yil oldin cho‘ktirib yuborilgan Chevrolet o‘rniga o‘tgan yuz yillikka tegishli bir necha noyob avtomobillarga duch keldi, deb xabar beradi Motor'ga tayanib Daryo.

G‘avvoslarning noodatiy topilmalari orasidan qizil rangli Mazda RX-7 ham o‘rin olgan. Suv ostida yana qancha yapon markasiga tegishli avtomobillar borligi noma’lum. Mazkur model 1981 yilda ishlab chiqarilgani hisobga olinsa, Mazda suv ostida qariyb 40 yildan buyon yotgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, g‘avvoslar daryo tubidan 1973 yilga tegishli Ford Mustang Mach 1 avtomobilini, shuningdek, uchta pikapni, jumladan, Chevrolet Luv’ni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Topilgan barcha avtomobillar achinarli ahvolda va ularni qayta tiklashning imkoni yo‘q.

Daryo tubida avtomobillar «qabristoni» qayerdan paydo bo‘lgani haligacha noma’lum, topilgan modellar mashina o‘g‘rilari yoki sug‘urta firibgarlari tomonidan cho‘ktirib yuborilgan, degan farazlar ham yo‘q emas.

Foto: Motor

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda g‘avvoslar daryo tubidan noyob avtomobillar kolleksiyasini topib oldi (video)