22:15 / 28.03.2020
4 973

Tojikiston prezidenti bayram tadbirida ishtirok etdi (foto)

Tojikiston prezidenti bayram tadbirida ishtirok etdi (foto)
Tojikistonning Xo‘jand shahrida “Tojik atlasi va adrasi 2020” festivali o‘tkazildi.
Tadbirga respublika prezidenti Imomali Rahmon tashrif buyurdi, deb xabar qildi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

Arbob saroyida So‘g‘d viloyatining barcha viloyatlaridan yuzlab san’atkorlar ishtirokidagi konsert bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda Rahmon barchani Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

San’at ustalari dasturi doirasida Sug‘d viloyati eng yetakchi dizaynerlarining ishlari namoyish qilindi. Festival shartlariga ko‘ra, barcha liboslar atlas va adrasdan tikilgan bo‘lishi kerak.

Tanlov yakunida hay’at a’zolari eng yaxshi dizaynerlarni aniqladilar. G‘oliblarga mamlakat prezidenti sovg‘alarni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, hozircha Tojikiston hududida rasmiy ravishda koronavirus aniqlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston prezidenti bayram tadbirida ishtirok etdi (foto)