23:33 / 28.03.2020
4 584

Ispan shifokorlari bemorlarni tanlab davolamoqda

Ispan shifokorlari bemorlarni tanlab davolamoqda
Foto: «Theworldnews.net»
Ispaniyada qariyb 70 ming kishida yangi koronavirus qayd etildi, 6 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi, o‘nlab murdalar Madrid muz saroyiga joylandi, vaziyat ayanchli.

Ta’kidlanishicha, ispan ssenariysi o‘n kun oldin Italiyada takrorlangan voqeadan mutlaqo farq qilmaydi. Shifokorlar urush davridagi tartibga ko‘ra faoliyat olib bormoqda, ya’ni yashashga imkoni ko‘proq bo‘lgan bemorlarni davolamoqda. «Süddeutsche Zeitung» nemis nashrining yozishicha, 75 yoshdan oshgan bemorlar Ispaniyada reanimatsiyaga yuborilmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Madrid muz saroyida murdalardan iborat ombor yuzaga kelgan. Krematoriy to‘lib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispan shifokorlari bemorlarni tanlab davolamoqda