22:36 / 30.03.2020
8 519

Koronavirus qaysi mamlakatlarga yetib bormadi?

Koronavirus qaysi mamlakatlarga yetib bormadi?
Foto: REUTERS / CNS Photo
Mart oxiriga kelib COVID-19 koronavirusi dunyoning aksariyat mamlakatlarini qamrab olgan bo‘lsa-da, sayyoramizda koronavirus yetib bormagan mamlakatlar ham bor.

30 mart holatiga dunyoning 27 mamlakatida hozircha koronavirus qayd etilmadi (mustaqil davlatlar, jumladan dunyo hamjamiyati tomonidan qisman tan olingan mamlakatlar hisobga olingan).

Bu davlatlarning barchasi Sharqiy yarimsharda joylashgan, G‘arbiy yarimsharda esa koronavirus yetib bormagan mamlakat qolmadi.
Koronavirus qayd etilmagan davlatlar quyidagilardir:

Osiyo
Abxaziya
Yaman
KXDR
Tojikiston
Turkmaniston
Janubiy Osetiya

Afrika
Botsvana
Burundi
G‘arbiy Sahroi Kabir
Komor
Lesoto
Malavi
San-Tome va Prinsipi
Serra-Leone
Janubiy Sudan

Okeaniya
Vanuatu
Kiribati
Marshall orollari
Nauru
Niue
Kuk orollari
Palau
Samoa
Sulaymon orollari
Tonga
Tuvalu
Mikroneziya Federativ Shtatlari
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 199 mamlakatida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 723 mingta holat qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus qaysi mamlakatlarga yetib bormadi?