21:23 / 30.03.2020
6 622

Donald Tramp: «Hoziroq Vladimir Putin ismli jentlmen bilan gaplashmoqchiman»

Donald Tramp: «Hoziroq Vladimir Putin ismli jentlmen bilan gaplashmoqchiman»
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Rossiya bilan bugungi munosabatlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan energetika, savdo va koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilmoqchi. U bu haqda Fox News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida aytdi.

Trampdan neft bozoridagi vaziyatga izoh berishini so‘rashdi.
"Rossiya va Saudiya Arabistoni kurash olib bormoqda, ular neft narxrini pasaytirishdi. Aytgancha, mana shu suhbatimizdan keyinoq Vladimir Putin ismli jentlmen bilan muloqot o‘tkazaman. Navbatdagi qo‘ng‘irog‘im mana shu bo‘ladi. Juda tez vaqt ichida telefon orqali gaplashamiz", - dedi Tramp.

AQSH prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ular energetika to‘g‘risida suhbatlashishadi.
"Biz energetika bo‘yicha gaplashamiz. Biz sohaning yo‘q bo‘lib ketishini istamaymiz. Savdo to‘g‘risida ko‘p gaplashamiz", - dedi u.

Tramp shuningdek, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilmoqchi ekanligini aytarkan, uning fikricha, Rossiyada "virus bilan bog‘liq katta muammo" borligini qayd etdi.

AQSH prezidenti Rossiya bilan bugungi munosabatlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Munosabatlarimiz benuqson deya olmayman, ammo ularni muhokama qilishimiz lozim. Ular Ikkinchi jahon urushida jang qilgan, 50 mln kishini yo‘qotgan, Ikkinchi jahon urushida hamkorimiz bo‘lgan. Germaniya raqibimiz bo‘lgan. Endi esa Rossiya bilan gaplashmayapmiz, Germaniya bilan gaplashyapmiz. Qanaqasiga kim bilandir gaplashib, boshqasi bilan gaplashmaymiz. Ikkinchi jahon urushiga, ulkan yo‘qotishlarga qarang", dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp: «Hoziroq Vladimir Putin ismli jentlmen bilan gaplashmoqchiman»