15:00 / 31.03.2020
4 294

Ronaldino Paragvay qamoqxonasida qanday yashayapti?

Ronaldino Paragvay qamoqxonasida qanday yashayapti?
Foto: «Eurosport»
Braziliya va jahon futboli afsonasi Ronaldino yaqinda 40 yoshini qarshiladi. Paragvay qamoqxonasida... Qalbaki pasport bilan mamlakat hududiga kirgani uchun akasi ikkalasi hibsga olingandi. «Oltin to‘p-2005» sohibi panjara ortida qanday yashayotgani haqida Paragvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Nelson Kuevas ma’lum qildi.

«The Sun» nashri «Barselona», «Milan» va «PSJ» sobiq futbolchisining do‘stlariga asoslanib ma’lum qilishicha, garchi uning yuzida tabassum bo‘lsa-da, qayg‘uga botgan.

«Ronaldino garchi sirtdan tabassum qilayotgan, g‘ayratli, shijoatli ko‘rinayotgani bilan, qattiq tashvishlanayotganini ilg‘ash qiyinmas, chunki u o‘zi o‘rganmagan muhitda, qamoqda», — dedi Kuevas «CNN Radio» efirida.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldino va akasi Roberto de Assis qamoqxonaning boshqa mahbuslaridan alohida, yuqori mansabli shaxslar uchun «maxsus bo‘limi»da saqlanmoqda.
Paragvay ichki ishlar vaziri Evklid Asevedoning ta’kidlashicha, futbol yulduzi «qamoqxonada emas, balki deyarli mehmonxonada» yashayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldino Paragvay qamoqxonasida qanday yashayapti?