4 314
Xitoyda yana yovvoyi hayvonlar bozori ochildi – mamlakat achchiq tajribadan xulosa chiqaradimi?
Foto: AP
Xitoyda karantin cheklovlari olib tashlandi va yana yovvoyi hayvonlar bozorlari ochildi. Mamlakatda koronavirus ustidan «g‘alaba qozonilgani» e’lon qilinganidan so‘ng, hukumat odamlarni kundalik hayotga qaytishga chaqirdi. Natijada, ko‘rshapalaklar, chayonlar, quyonlar, o‘rdaklar, itlar, mushuklar, boshqa yovvoyi hayvonlar va hasharotlar bilan savdo qiluvchilar yana o‘z faoliyatini boshlab yuborishdi.
Daily Mail jurnalisti xabariga ko‘ra, karantin olib tashlanganidan so‘ng, minglab odamlar Xitoyning janubiy-g‘arbidagi Guilin bozoriga oshiqishgan. U yerda Xitoyning an’anaviy qishki taomlari tarkibiga kiruvchi itlar va mushuklarning go‘shti taklif qilinmoqda.
«Bu yerda hamma infeksiyaga barham berildi va xavotirli narsa yo‘q, deb hisoblamoqda. Koronavirus – mahalliy aholi uchun o‘zgalarning muammosi», - deb xitoylik muxbirning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Donguandagi yovvoyi hayvonlar bozoriga borgan jurnalist ham hammasi avvalgidek yana o‘z joyiga qaytganini ta’kidladi.
«Yagona farq shundaki, bozor qo‘riqchilari suratga olayotganlarni to‘xtatishga urinmoqda», - dedi u.
Koronavirus tarqalishining ilk holatlari Uhan shahridagi yovvoyi hayvonlar bozorida aniqlangan edi. Biroq, rasmiy Pekin bir necha hafta davomida buni yashirdi. Hatto, bu haqda xabar bergan Li Venlyanni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda aybladi. 33 yoshli shifokor keyinchalik koronavirus tufayli vafot etdi.
Endi infeksiya tarqalishi suratlari pasayganidan so‘ng, Xitoy hukumati epidemiyani boshqa mamlakatdan kirib kelgani haqidagi g‘oyani ilgari surmoqda. Xususan, Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan xabarda virus ilk marotaba o‘tgan yilning noyabr oyida Italiyada paydo bo‘lgani haqida yozilgan.
Bundan tashqari, Xitoy mulozimlari hech qanday asosga ega bo‘lmagan holda, virusning AQSH harbiylari tomonidan tarqatilgani haqidagi fitna nazariyasini ham dastaklamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi