22:32 / 31.03.2020
2 757

Britaniyalik erkak ko‘zga tashlanmaslik uchun barglardan yasalgan kiyimda ko‘chaga chiqdi (video)

Britaniyalik erkak ko‘zga tashlanmaslik uchun barglardan yasalgan kiyimda ko‘chaga chiqdi (video)
Foto: TikTok
Buyuk Britaniyaning Stivenij shahrida yashovchi Medlin Mey-Devis va Nikolas Myurrey koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantinni kunduz payti buzgan qo‘shnisini videoga oldi. Erkak ko‘zga tashlanmaslik uchun shox-shabbalardan yasalgan kostyum kiyib olgan edi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Britaniyalik erkak to‘rt devor orasida o‘tirib zerikkan chog‘i yoki u qandaydir ish bilan uydan chiqishga majbur bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Ko‘chaga chiqib, karantin qoidasini buzgani uchun politsiya tomonidan javobgarlikka tortilishidan qo‘rqqan erkak yashil barglarga o‘ranib oldi.


Videoda erkakning daraxtlarga yaqin yurib, ko‘zga tashlanmaslikka harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Ushbu video TikTok foydalanuvchilarining turli muhokamalariga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ushbu video atayin uyushtirilganini aytdi, boshqalar esa erkakning maxsus xizmatda ishlagani, shu sabab sevimli ishini shu tariqa eslayotganini yozib qoldirdi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar kayfiyatni ko‘taruvchi video uchun minnatdorchilik bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik erkak ko‘zga tashlanmaslik uchun barglardan yasalgan kiyimda ko‘chaga chiqdi (video)