11:53 / 01.04.2020
3 025

Amerikalik milliarder karantinni dunyodagi eng katta shaxsiy yaxtasida o‘tkazmoqda

Amerikalik milliarder karantinni dunyodagi eng katta shaxsiy yaxtasida o‘tkazmoqda
Foto: Instagram / @davidgeffen
Amerikalik prodyuser va milliarder Devid Geffen koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantinni hashamatli Rising Sun yaxtasida o‘tkazayotgani bilan maqtandi, deb yozadi «Korrespondent.net». Milliarder Instagram’dagi sahifasida yaxta suratlari bilan bo‘lishdi.

«Karantinni Grenadinada o‘tkazyapman. Umid qilamanki, hammaning xavfsizligi ta’minlangan», — deb yozadi milliarder.
Geffen karantinni o‘tkazayotgan kema dunyodagi eng yirik yaxta hisoblanadi. Uning uzunligi 138 metr.


200 million dollarlik besh qavatli yaxta 2004 yilda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellisonning buyurtmasiga binoan qurilgan.
Yaxtada vertolyot qo‘nishi mumkin bo‘lgan basketbol maydoni, kinoteatr, trenajyor zali, spa va lift bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik milliarder karantinni dunyodagi eng katta shaxsiy yaxtasida o‘tkazmoqda