16:00 / 01.04.2020
4 875

Gretsiyalik olimlar ob-havoning koronavirus tarqalishiga ta’siri borligini aniqlashdi

Gretsiyalik olimlar ob-havoning koronavirus tarqalishiga ta’siri borligini aniqlashdi
Foto: REUTERS / Alexandros Avramidis
Gretsiyalik olimlar guruhi koronavirus havo harorati past bo‘lgan mamlakatlarda tezroq tarqaladi degan xulosaga keldi. Bu haqda mahalliy "Katimerini" gazetasi yozmoqda.

"Biz harorat kasallik tarqalishiga yaqqol ta’sir ko‘rsatishini aniqladik", - dedi tadqiqot qatnashchisi, pulmonolog, professor Konstantinos Gurgulianis.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, havo harorati 0dan 18 darajagacha bo‘lgan mamlakatlarda kasallikka chalinishning yangi holatlari qayd etilishi ko‘rsatkichi ulardan iliqroq iqlimli mamlakatlarga nisbatan yuqoridir.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar "kasallik yuqtirishning yakuniy ko‘rsatkichi virus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kasallik yuqtirish holatlarini qayd etish uslublari"ga bog‘liq ekanligini qayd etishdi.

Tadqiqotlarda Fessaliya universiteti qoshidagi pulmonologiya klinikasi mutaxassislari ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gretsiyalik olimlar ob-havoning koronavirus tarqalishiga ta’siri borligini aniqlashdi