21:35 / 01.04.2020
3 420

Koronavirusning inkubatsiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlandi

Koronavirusning inkubatsiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlandi
Foto: REUTERS
Amerikalik tadqiqotchilar 1 foiz holatda koronavirusning inkubatsiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlashdi.
University of Massachusetts va Johns Hopkins Bloomberg School of Public Health tadqiqotchilari hamkorligida COVID-19 koronavirusining inkubatsiya davri bo‘yicha izlanish o‘tkazildi.

Uning natijalariga ko‘ra, sinovlarda ishtirok etgan bemorlarning 97 foizida koronavirusning inkubatsiya davri davomiyligi o‘rtacha 11,5 kunni tashkil qilgan. Ularda kasallik alomatlari 8,2 – 15,6 kunda namoyon bo‘lgan.

Tadqiqotchilar 181 odamni koronavirusni yuqtirib olishidan boshlab, to dastlabki alomatlar paydo bo‘lgunga qadar kuzatib, qattiq nazorat qilishgan. Natijalar 10 ming odamdan 101 nafarida kasalik alomatlari karantin davri tugagandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich umumiy hisobda 1 foizni tashkil qiladi.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar vaqtincha karantinga olish davrining uzunligi masalasini qayta ko‘rib chiqish haqida o‘ylashga asos bo‘la oladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning inkubatsiya davri 14 kundan oshishi mumkinligi aniqlandi