18:43 / 02.04.2020
2 391

YouTube Xitoyning TikTok servisiga raqobatchi yaratish ustida ish boshladi

YouTube Xitoyning TikTok servisiga raqobatchi yaratish ustida ish boshladi
Foto: 3Dnews
YouTube qisqa video foydalanuvchilari uchun yangi Shorts nomli servis yaratishni boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu servis YouTube mobil dasturining bir qismiga aylanib, TikTok’ning raqobatchisiga aylanadi. Shorts joriy yil oxiriga qadar taqdim etilishi kutilmoqda, deb xabar beradi 3Dnews'ga tayanib Daryo nashri.

Shorts kichik hajmdagi videolarni YouTube kutubxonasidagi musiqiy kompozitsiyalar bilan birlashtirish va uni platformada e’lon qilish imkoniyatiga ega. Bu esa Shorts butun dunyoda mashhurlikka erishgan Xitoyning TikTok servisi kabi ishlashidan dalolat beradi.

YouTube rasmiylari hozircha ushbu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortmoqda. Ta’kidlanishicha, Facebook, Instagram va Snapchat kabi yirik ijtimoiy tarmoq segmenti vakillari TikTok’ning o‘sishini diqqat bilan kuzatib bormoqda, biroq faqat YouTube’gina Xitoy servisiga raqobatchi bo‘lishga «jazm etgan» ko‘rinadi.

YouTube bosh direktori Syuzan Voychitski intervyularining birida kompaniya qisqa videolarga mo‘ljallangan servisni ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida aytgan. Bundan kelib chiqadiki, YouTube TikTok’ning haqiqiy raqobatchisini yaratmoqda. Hozirda koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab odamlar uyda qolmoqda. Bu esa Shorts kabi servislar insonlar ovunchog‘iga aylanishi uchun yaxshi imkoniyat.

Avvalroq Instagram ham TikTok’ka o‘xshash Reels dasturini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq servisi hisoblanadi. 2016 yilning sentabr oyida ishga tushirilgan dastur Xitoyda qisqa videolar bo‘yicha yetakchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YouTube Xitoyning TikTok servisiga raqobatchi yaratish ustida ish boshladi