19:39 / 02.04.2020
6 125

“Kampir o‘g‘li”: Tojikistonda xavfli narkoboron qo‘lga olindi

“Kampir o‘g‘li”: Tojikistonda xavfli narkoboron qo‘lga olindi
Dushanbe militsiyasi narkotik moddalarni kontrabandasi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning yetti a’zosini qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston mamlakat IIV matbuot xizmatiga asosan.

Ularda 70 kilo geroin, opium va nasha borligi aniqlandi. Jinoiy guruhga “Kampir o‘g‘li” laqabi bilan tanilgan narkoboron Mukim Qurbonov rahbarlik qilgan.

Guruh a’zolari giyohvand moddalarni sotish uchun yangi texnologiyalar foydalanishgan: WhatsUp, Viber va IMO orqali mijozlar bilan muloqot qilishgan. Pul esa "Kivi-Koshelek” orqali yig‘ilgan.

Jinoiy guruh Afg‘onistonda narkotiklarni tayyorlab, Tojikiston va boshqa davlatlarga olib o‘tishgan.
Tergovchilar guruh oxirgi marta o‘tgan yil oktabrda 50 kilo narkotik moddalarni MDH davlatlardan biriga jo‘natishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Kampir o‘g‘li”: Tojikistonda xavfli narkoboron qo‘lga olindi