22:37 / 02.04.2020
2 644

Saudiya Arabistoni zudlik bilan OPЕK+ mamlakatlari uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi

Saudiya Arabistoni zudlik bilan OPЕK+ mamlakatlari uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi
Foto: middleeastmonitor
2 aprel kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.

Saudiya Arabistoni OPЕK+ qatnashchi-davlatlari va boshqa davlatlarni zudlik bilan uchrashuv o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda SPA agentligi xabar berdi.

"Qirollik neft bozoridagi muvozanatni tiklash uchun adolatli kelishuvga erishish maqsadida OPЕK+ va boshqa mamlakatlar guruhini shoshilinch uchrashuv o‘tkazishga chaqiradi. Bu chaqiriq qirollikning jahon iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha doimiy sa’y-harakatlari va AQSH prezidenti Donald Trampning iltimosiga hurmat belgisi ekanligini anglatadi", - deyiladi xabarda.

30 mart kuni Rossiya prezident Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, jahon neft bozori holati bo‘yicha fikrlar almashishgan va bu masalada energetika vazirlari darajasida ikki tomonlama maslahatlashuv o‘tkazishga kelishib olishgani xabar qilingandi.

2 aprel kuni AQSH prezidenti Donald Trampning Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng neft narxi keskin ko‘tarildi.

Londondagi ICE birjasida Brent rusumidagi neft narxi 9,4 foizga oshdi va 27,31 dollarni tashkil etdi. WTI rusumidagi neft narxi 8 foizga ko‘tarilib, 22 dollarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni zudlik bilan OPЕK+ mamlakatlari uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi