10:02 / 03.04.2020
2 397

AQSH politsiyasi it boshqarib ketayotgan mashina orqasidan quvdi

AQSH politsiyasi it boshqarib ketayotgan mashina orqasidan quvdi
Vashington politsiyasi it tomonidan boshqarilib ketayotgan avtomobil ortidan quvdi, deb xabar beradi CNN.
Politsiya yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor buzgan transport vositasini uzoq vaqt kuzatib kelgan. Ta’kidlanishicha, politsiya xodimlariga bir necha guvohlar qoidabuzarlik haqida shikoyat qilgan. Ularning aytishicha, avtomobil boshqa ikkita mashina bilan ham to‘qnashuv sodir etgan.

Foto: CNN
Avtomobilni tikonli lenta yordamida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan. Politsiyachilar mashina rulida pitbul zotli it o‘tirganini aniqlagan. Uning xo‘jayini esa yo‘lovchining joyida o‘tirib, mashinani boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Erkakning aytishicha, u «itiga mashina haydashni o‘rgatishga uringan». Erkak hibsga olingan, it esa hayvonlar boshpanasiga olib borilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH politsiyasi it boshqarib ketayotgan mashina orqasidan quvdi