20:02 / 03.04.2020
3 394

Shifokor koronavirusning soxta alomatlarini tushuntirib berdi

Shifokor koronavirusning soxta alomatlarini tushuntirib berdi
Foto: «Futurerussia.gov.ru»
Ipoxondriyaga (o‘zini kasal deb vahimaga tushish va shuning natijasidagi asabiy umidsizlik holati — tahr.) moyil odamlarning koronavirus pandemiyasi davrida isitmasi chiqishi, yo‘tal va ko‘ksida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin, deydi immunolog Vladimir Bolibok «News.ru» portaliga bergan intervyusida.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etgan kechinma chindan ham o‘z ortidan ayrim kasalliklarni ergashtirib kelishi turgan gap. Mana, masalan, stress buyrakusti bezi po‘stlog‘ining ko‘p miqdorda gormon ishlab chiqarishiga olib keladi. Bu immun tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hech gap emas.

«Stress ibtidoiy odamlarning hayotini saqlab qolgan. Masalan, bunday holatda yovvoyi hayvonlarga qarshi kurashish oson kechgan. Hozir esa odamga bunday «kuch» deyarli kerak emas. Chunki hozirgi zamon ancha xavfsiz», — deya xulosa qilgan Bolibok.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shifokor koronavirusning soxta alomatlarini tushuntirib berdi