23:32 / 03.04.2020
1 968

Ispaniyaning barcha turistlar chiqarib yuborilgan shaharchasida hech kim koronavirusga chalinmadi

Ispaniyaning barcha turistlar chiqarib yuborilgan shaharchasida hech kim koronavirusga chalinmadi
Foto: CNN
Shaharcha haftada ikki marta dezinfeksiya qilinadi, mahsulot va dori-darmonlarni ikki kishi tarqatadi.
Ispaniya janubidagi Saara-de-la-Serra aholi maskanidan 18 martda barcha turistlar chiqarib yuborilgandi. Shaharchada shu kungacha birorta ham koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi, mamlakatda esa kasallikka chalinganlar soni 100 mingdan oshib ketgan. Bu haqda CNN telekanali hikoya qildi.

Ispaniya hukumati 14 mart kuni yuqori darajadagi tayyorgarlik rejimini joriy etdi, shaharcha meri Santyago Galvan shu kuniyoq aholi maskaniga kirib kelish mumkin bo‘lgan bitta yo‘ldan boshqa barchasini yopdi. Merning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki kunlari qabul qilingan choralar to‘g‘risida bilmagan «fransuz va nemis turistlarni quvib chiqarishga to‘g‘ri kelgan».

Saara-de-la-Serrada 1,4 mingga yaqin kishi yashaydi. Aholining chorak qismini yoshi 65dan kattalar tashkil etadi.

Shaharchaga yagona kirish yo‘li politsiya tomonidan qo‘riqlanadi, ikki kishi esa o‘tayotgan avtomobillarni dezinfeksiya qiladi.
Shaharcha ichida ham dezinfeksiya ishlari olib boriladi. Haftada ikki marta 10 kishidan iborat guruh ko‘chalar va uylarni dezinfeksiya qiladi.

Ikki ayol oziq-ovqat va dori-darmonlarni olib keladi. Ular kuniga 11 soatdan ishlaydi.

Bolalar zerikmasligi uchun esa ikkita avtomobil musiqa va yorug‘lik tarqatuvchi qurilmalar bilan jihozlangan.
«Bolalar balkonga chiqib ularni tomosha qilishi mumkin», — deydi mer.

Shaharchada faqat turistlar hisobiga kun ko‘ruvchi 19 ta bar va restoran bor. Ular yopilib qolmasligi uchun hokimiyat elektr, suv hamda soliqlarini to‘lab beradi. Boshqa mahalliy korxonalarga nisbatan ham ana shunday choralar qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyaning barcha turistlar chiqarib yuborilgan shaharchasida hech kim koronavirusga chalinmadi