06:50 / 04.04.2020
3 307

Buyuk Britaniya ham koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi

Buyuk Britaniya ham koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi
Foto: AFP
Buyuk Britaniyada bir kun ichida koronavirusdan 684 kishi vafot etib, qurbonlar umumiy soni 3605 nafarga yetdi. Bu haqda qirollikning sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Qirollikda umumiy kasallanganlar soni 38 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Ta’kidlash joiz, Britaniya koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketib, dunyo bo‘yicha 5-o‘ringa chiqdi. Koronavirus tarqalishi boshlangan Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 3322 nafarni tashkil qilmoqda. Xitoyda koronavirus tarqalishiga deyarli barham berilgan bo‘lsa, Britaniyada kasallanish va o‘lim holatlari o‘sishi tezlashmoqda.

Avvalroq mamlakat bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, u hozircha uyda karantinda qoladi, chunki uning tana harorati balandligicha qolmoqda.

Bu orada koronavirusning yana bir jabrdiydasi - Britaniya valiahd shahzodasi Charlz kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Biroq unga hozircha boshqalar bilan aloqa qilmaslik tavsiya qilingan. 3 aprelda shahzoda videoaloqa orqali koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan yangi shifoxona ochilishida qatnashgan.

Shuningdek, 5 aprelda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II pandemiya ortida millatga murojaat qilmoqchi.
Ayni vaqtda koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Italiya 1-o‘rinda turibdi. Ushbu mamlakatda vafot etganlar soni 14681 nafarni tashkil qilmoqda. Britaniya bu borada Italiya, Ispaniya (10935 qurbon), AQSH (6803 qurbon) va Fransiyadan (6507 qurbon) keyingi o‘rinni egallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya ham koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi