09:30 / 04.04.2020
3 143

Germaniyada qurbonlar soni 7 baravar ko‘paydi

Germaniyada qurbonlar soni 7 baravar ko‘paydi
Robert Kox instituti xodimlarining ma’lum qilishicha, 3 aprelga kelib Germaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 84794 kishini tashkil qildi. Bu rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, XXRda COVID-19 epidemiyasi avjiga chiqqanida qayd etilganidan 3000 nafarga ko‘p.

Germaniyada ushbu kasallik epidemiyasidan vafot etganlar soni ham 1000 kishidan oshdi.
So‘nggi 24 soat ichida qayd etilgan yangi infeksiyalar soni, olimlarga ko‘ra, 6174 kishini tashkil qildi.

Virusologiya instituti kuydirgi bakteriyasini, vabo vibrionini va sil kasalligini qo‘zg‘atuvchisini kashf etgan olim Robert Kox sharafiga nomlangan. Ushbu ilmiy muassasa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘ysunadi va Robert Kox instituti tomonidan taqdim etilgan COVID-19 kasalligi ko‘rsatkichlari Germaniyada rasmiy hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada qurbonlar soni 7 baravar ko‘paydi