14:04 / 04.04.2020
2 652

Odil Ahmedov: Xitoy koronavirusni deyarli yengib bo‘ldi

Odil Ahmedov: Xitoy koronavirusni deyarli yengib bo‘ldi
Foto: Instagram
O‘zbekiston terma jamoasi sardori va «Shanxay SIPG» klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoydagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

— Yaqinda O‘zbekistondan Xitoyga yetib keldim. Barcha o‘yinchilar futbolni sog‘ingan. O‘ylashimcha, muxlislar haqida ham shunday deyish mumkin. Futbolsiz yashash juda qiyin, bizda deyarli har kuni mashg‘ulot va futbol o‘yinlari bo‘lar edi, mana shu yetishmayapti.

Hozirda Shanxaydaman, bu yerga bir hafta oldin keldim. Parvozdan keyin barcha chet ellik futbolchilar karantinga yuborildi, shu sabab hozir uydaman. Bu ikki hafta davom etadi, keyin jamoa mashg‘ulotlari boshlanadi. O‘ylashimcha, Xitoy Superligasi may oyining oxirida qayta boshlanadi.

— Xitoyda koronavirus borasida vaziyat qanday?
— Umid qilamanki, butun jahon bilan koronavirus ustidan g‘alaba qozonamiz va avvalgi odatiy hayot tarzimizga qaytamiz. Biroq eng muhimi — insonlar salomatligi.

— Xitoyda hozir hayot qanday?
— Bu yerda hammasi yaxshi, Xitoy virusni deyarli yengib bo‘ldi. O‘ylashimcha, koronavirus bu yerdan tez orada yo‘qoladi. Shundan keyin barchasi o‘z holiga qaytadi va biz tez orada futbol o‘ynashimiz mumkin bo‘ladi, — deydi Ahmedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Odil Ahmedov: Xitoy koronavirusni deyarli yengib bo‘ldi