15:55 / 04.04.2020
5 599

Ukrainada qizil salonga ega noyob «Jiguli» topildi (video)

Ukrainada qizil salonga ega noyob «Jiguli» topildi (video)
Foto: Motor
Ukrainaning Xarkov shahrida qizil rangli salonga ega olcharang «VAZ-21063» topildi. 1990 yilda ishlab chiqarilgan avtomobil 2225 kilometrgina masofa bosgan, deb xabar qiladi Motor.

Ushbu «vaqt kapsulasi» haqida birinchi bor 2018 yilning oxirlarida — sotuvga qo‘yilganida ma’lum bo‘lgan. Avtomobilning yangi egasi o‘shandan buyon 200 kilometrga yaqin masofa bosgan bo‘lib, noyob nusxani ehtiyotlab keladi va uni sotish niyatida emas.

Afsonaviy mashinaning kuzov va intereri xuddi yangidek. Orqa eshik oynalarida zavod markirovkasi ham saqlanib qolgan. Avtomobilning yangi egasiga zahira baloni, asbob-anjomlar jamlanmasi, shuningdek, original qo‘llanma qo‘shib berilgan.

«VAZ-21063»ning ushbu modifikatsiyasi 1979 yildan 1994 yilga qadar ishlab chiqarilgan bo‘lib, avtomobil 1,3 litrli karbyurator dvigatel bilan jihozlangan. To‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladigan avtomobilni 69 ot kuchi harakatga keltiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada qizil salonga ega noyob «Jiguli» topildi (video)