Foto: Reuters
COVID-19 koronavirusi jonsiz buyumlardan ham yuqishi mumkin, lekin asosan odamdan odamga havo tomchi yo‘li orqali o‘tmoqda. Bu haqda Jenevada o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sohadagi favqulodda holatlar bo‘yicha dasturlar direktori Maykl Rayan ma’lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
«Ayni vaqtda virusning jonsiz buyumlardan ham odamga yuqishi mumkinligi haqida juda ko‘p maqolalar chop etilmoqda. Singapurda koronavirus yuqtirib olishning 6 foizi vafot etgan odamlardan o‘tgani aytilgandi. Bu borada olimlar bilan bahslashmoqchi emasman, biroq boshqa tomondan olib qaraganda 94 foiz holatlarda infeksiya odamdan odamga yuqadi. Shuning uchun epidemiya qo‘zg‘atuvchisi qanday ekaniga e’tibor qaratish lozim. Virusning kasallik alomati bo‘lmagan insonlardan boshqa kishilarga yuqish holatlarining ehtimoli har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ushbu holatda biz pandemiya qo‘zg‘atuvchisi aksa urish yoki yo‘tal, shuningdek, beixtiyor atrof-muhitga virus tushirish deb hisoblaymiz», – degan u.
Rayanning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda JSST ekspertlar guruhi sog‘lom odamlar tomonidan niqoblardan foydalanishning samarasiga baho bermoqda. Biroq shifokorlar va tibbiyot xodimlarining jarrohlik hamda maxsus niqoblarda bo‘lishi COVID-19’ga qarshi kurashning asosiy jihati bo‘lib qoladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qildi. 3 aprel holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni milliondan oshib ketgan, 50 ming nafardan ko‘proq kishi infeksiya oqibatida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan