20:04 / 04.04.2020
2 233

Orexovo-Zuyevo shahridagi gaz portlashi natijasida bir necha qavatli uy pod’ezdi quladi

Orexovo-Zuyevo shahridagi gaz portlashi natijasida bir necha qavatli uy pod’ezdi quladi
Foto: REUTERS
Rossiyaning Orexovo-Zuyevo shahridagi ko‘pqavatli uylardan birida maishiy gaz portladi. Natijada, bir necha kvartiralar qulab tushdi, 6 nafar fuqaro jabrlandi.

«5 qavatli uyning 3-qavatidagi kvartirada gaz-havo aralashmasi portladi. Natijada, 2-pod’ezdning 3-5 qavatidagi kvartiralar qulab tushdi. Qutqaruv-izlash ishlari o‘tkazilmoqda», - deb Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) bayonotini keltirmoqda «Interfaks».

FVV o‘tkazgan surishtiruv natijasida portlash sababi va jabrlanganlar soni ham aniqlandi.

«2-pod’ezddagi kvartirada gaz kolonkasi portlagan. Uyda 80ta kvartira bor. 150 nafar fuqaro mustaqil ravishda evakuatsiyalandi. 50 nafar fuqaro o‘t o‘chirish – qutqaruv bo‘linmalari yordamida evakuatsiya qilindi. Qutqaruv-izlash ishlariga 56 xodim va 19ta texnika jalb qilingan. Uyumlar ostidan 6 nafar fuqaro qutqarildi. Tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ulardan biriga javob berildi, 2 nafari shifoxonada qoldi, 3 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi», - deyiladi FVV xabarida.

Moskva viloyati prokuraturasi voqea tafsilotlari bo‘yicha surishtiruv boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Orexovo-Zuyevo shahridagi gaz portlashi natijasida bir necha qavatli uy pod’ezdi quladi