23:34 / 04.04.2020
2 954

Turkmanistonda isiriqli sovun ishlab chiqariladi

Turkmanistonda isiriqli sovun ishlab chiqariladi
Turkmanistonning «Tach xil» maishiy ximiya kompaniyasi tarkibida isiriq urug‘i bo‘lgan suyuq sovunni ishlab chiqarishni boshlaydi.
Turkmenportal nashrining ta’kidlashicha, sovun tibbiy antiseptik xususiyatga ega bo‘ladi, chunki «isiriq urug‘ida peganidin alkaloidi bor, u esa bakteritsid va stafilokokka qarshi xususiyatga ega».

13 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z kitoblariga asoslangan holda, isiriqning bakteritsid xususiyatlari haqida gapirgan edi. Shundan keyin mamlakatda koronavirus profilaktikasi uchun isiriqdan foydalanila boshlandi.

«Isiriq tutuni – har xil, ko‘zga ko‘rinmas viruslarning inson vujudiga kirishiga qarshilik qiluvchi faol vosita», – dedi davlat rahbari va ommaviy tadbirlarda undan foydalanish haqida topshiriq berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda isiriqli sovun ishlab chiqariladi