08:13 / 05.04.2020
2 015

Moskvada korxona va muassasalar xodimlariga 1,5 metrlik ijtimoiy masofa saqlash talabi qo‘yildi

Moskvada korxona va muassasalar xodimlariga 1,5 metrlik ijtimoiy masofa saqlash talabi qo‘yildi
Foto: Getty Images
Ijtimoiy masofani saqlash talabini buzgan yakka tadbirkorlar 30 mingdan 50 ming rublgacha, yuridik shaxslar esa 100 mingdan 300 ming rublgacha jarimaga tortiladi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida ishlashda davom etayotgan korxona va muassasalar dezinfeksiyalanishi hamda xodimlar va tashrif buyuruvchilar orasida 1,5 metrlik ijtimoiy masofa saqlanishini ta’minlashi shart. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin saytida ma’lum qilindi.

Merning so‘zlariga ko‘ra, ilgari bu tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda majburiy talab hisoblanadi. Mer bu talablar epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan so‘ng bekor qilinishini bildirdi.

Ijtimoiy masofani saqlash talabini buzgan yakka tadbirkorlar 30 mingdan 50 ming rublgacha, yuridik shaxslar esa 100 mingdan 300 ming rublgacha jarimaga tortiladi.

Merning farmoniga ko‘ra, poytaxtda dorixonalar, uyali aloqa salonlari, oziq-ovqat do‘konlari, birinchi ehtiyoj mahsulotlari hamda zoodo‘konlar bilan birga tibbiy ashyolar sotuvchi optika va do‘konlar ham ishlashda davom etadi. Bundan tashqari, tibbiy faoliyat ko‘rsatishga ruxsatnomasi bo‘lgan SPA-markazlar va massaj salonlariga ham ishlashga ruxsat beriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada korxona va muassasalar xodimlariga 1,5 metrlik ijtimoiy masofa saqlash talabi qo‘yildi