21:04 / 05.04.2020
2 136

AQSHda politsiyachi karantin tufayli tushkunlikka tushib qolgan ayolga yordam ko‘rsatdi

AQSHda politsiyachi karantin tufayli tushkunlikka tushib qolgan ayolga yordam ko‘rsatdi
Foto: Unilad
AQSHning Massachusets shtati Boston shahrida yashovchi ayol uch farzandi uchun supermarketdan olayotgan mahsulotlarga pul to‘lay olmadi. Ayol koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan karantin tufayli ishsiz qolgan edi, deb yozadi Unilad.

37 yoshli aeroport xodimasi Jennifer Velaskes plastik kartasida pul kamligi uchun zarur mahsulotlarni sotib ololmagan. Xafa bo‘lgan ayol ko‘chaga chiqib, trotuarga o‘tirib, yig‘lab yuborgan.

Yig‘lab o‘tirgan ayolning yoniga Ben Pegero ismli politsiyachi keldi hamda undan hol-ahvol so‘raydi.
Ayol pandemiya sabab karantin tufayli ishsiz qolganini aytgan. Politsiyachi vaziyatdan xabar topgach, supermarketga kirib 225 dollarga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan.

Foto: Unilad
Politsiyachi yeguliklar uchun pulni o‘z hisobidan to‘lagan.
«Men odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘rganim uchun politsiyaga ishga kirganman. Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman», — deydi Pegero.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda politsiyachi karantin tufayli tushkunlikka tushib qolgan ayolga yordam ko‘rsatdi