06:00 / 06.04.2020
3 159

Floyd Meyvezerning qizi jinoyatda ayblanib hibsga olindi

Floyd Meyvezerning qizi jinoyatda ayblanib hibsga olindi
Foto: Twitter
Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezerning qizi Iyanna Meyvezer qurol bilan tahdid qilishda ayblanib hibsga olindi. TMZ nashrining xabar qilishicha, qiz hujum paytida inson hayotiga xavf soluvchi qurol ishlatgan.

Ta’kidlanishicha, 19 yoshli Iyanna reper NBA YoungBoy'ning yoqtirgan qizi Lapattra Lasha Jeykobs bilan uning uyida janjallashib qolgan. Janjal oshxonada davom etgan va Meyvezer Jeykobsga pichoq sanchgan, biroq jabrlanuvchi og‘riq sezmagan. Shundan keyin Iyanna boshqa pichoq bilan ikkinchi zarbani bergan.

Politsiya yetib kelgan vaqtda Jeykobs polda yotgan bo‘lgan. U shifoxonaga yetkazilgan, hozirda jabrlanuvchining holati haqida ma’lumot yo‘q. Iyanna Meyvezer esa Harris okrugi qamoqxonasida saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Iyanna onasidan ayrilgandi. Floyd Meyvezer farzandlarining onasi o‘z avtomobilida o‘lik holda topilgandi. Shuningdek mart oyida Floydning amakisi Rojer Meyvezer ham vafot etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floyd Meyvezerning qizi jinoyatda ayblanib hibsga olindi