06:50 / 06.04.2020
5 271

Koronavirus tarqalishi eng yaxshi ushlab turilgan davlat ma’lum qilindi

Koronavirus tarqalishi eng yaxshi ushlab turilgan davlat ma’lum qilindi
Foto: EPA-EFE
Koronavirus tarqalishi hammadan yaxshi ushlab turilgan davlat ma’lum qilindi. Aniqlanishicha, Tayvanda odamlar koronavirusdan eng samarali himoyalanmoqda.
Bu haqda olimlarga tayanib SNN telekanali xabar berdi. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yetarlicha yaxshi bo‘lgan davlatlar orasidan yetakchi quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlangan: virusning qancha avval olib kirilgani, aholi o‘rtasida virusdan o‘lim darajasi va bu ko‘rsatkichning kasallanganlar soniga nisbati, qanday choralar ko‘rilgan va ular qanday yordam bermoqda.

Xitoy tomonidan qisman boshqariluvchi orolda deyarli Avstraliyadagi kabi sondagi aholi yashaydi. Biroq Tayvan epidemiya boshida ekspertlar bu davlatda koronavirus tarqalishi o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyga yaqinligi sababli vaziyat og‘ir bo‘lishini prognoz qilishganga qaramay, “yashil qit’a”ga qaraganda koronavirusni yaxshiroq jilovlamoqda.

Epidemiya boshlangandan 10 hafta keyin Avstraliyada 5 mingta kasallanish holati qayd qilingan bo‘lsa, Tayvanda 400 dan kamroqni tashkil qilmoqda”, deyilgan xabarda.

Bunga 124 ta banddan iborat qat’iy karantin choralari evaziga erishilgan. Bu bandlar orasida Xitoyga safarlar, orol portlarida kruiz laynerlarining to‘xtatishini taqiqlash va karantinni buzuvchilarga qat’iy jazolar kiritilishi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus tarqalishi eng yaxshi ushlab turilgan davlat ma’lum qilindi