19:35 / 06.04.2020
2 244

Maykl Jeksonga tegishli qo‘lqop auksionda 104 ming dollarga sotildi

Maykl Jeksonga tegishli qo‘lqop auksionda 104 ming dollarga sotildi
Foto: The Sun
AQSHning Texas shtatidagi auksionda Maykl Jeksonga tegishli Swarovski toshlari bilan bezatilgan oq qo‘lqop sotildi, deb yozadi The Sun.
Xonandaning garderobidan olingan ushbu element 104 ming dollarga xarid qilindi. Xaridorning ismi oshkor qilinmayapti.

Xaridor, shuningdek, qo‘lqopning 1998 yilda UNICEF’ga sovg‘a qilingani haqidagi xatni ham qo‘lga kiritdi.
Aksessuar Maykl Jeksonning tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan edi. U sahnada qo‘shiq ijro etayotganida hamda kliplar suratga olish jarayonlarida ushbu qo‘lqopdan foydalangan.

Foto: The Sun

Intervyulardan birida Maykl Jekson ushbu bitta qo‘lqop bir juft qo‘lqopdan ham yaxshiroq ekanligini aytgan.
15 marta «Gremmi» mukofotini qo‘lga kiritgan Maykl Jekson 51 yoshga to‘lishiga ikki oy qolganida, 2009 yilda Los-Anjelesda vafot etgan.
Xonandaning o‘limiga propofol anestetikining me’yordan ko‘p qabul qilingani sabab bo‘lgani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maykl Jeksonga tegishli qo‘lqop auksionda 104 ming dollarga sotildi