19:53 / 07.04.2020
2 986

Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi

Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi
Foto: Daily Mail
Buyuk Britaniyadagi eng katta oila sohibasi bo‘lgan Syu Redford 22-farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Daily Mail'ga tayanib Daryo.
45 yoshli ayol farzandini Lankaster shahridagi davlat kasalxonasida dunyoga keltirgan. Chaqaloq 3,2 kilogramm vazn bilan tug‘ilgan.

Endilikda ayol oiladagi 11-qiz farzand bo‘lgan chaqaloqqa 49 yoshli turmush o‘rtog‘i Noel bilan ism tanlamoqda.
«Koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyat ortidan hozir tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ololmaymiz», — deydi ayol.

Jurnalistlar bilan suhbatda Redford COVID-19 pandemiyasi davrida tug‘ishga qo‘rqqanini aytgan.
«Men Noelni oldimga qo‘yishmasliklaridan qo‘rqdim. Bu hayotimdagi eng g‘ayrioddiy jarayon bo‘ldi. Shu bilan birga bu katta tajriba hamdir», — deydi ayol.

Foto: Daily Mail

Ko‘p farzandli oila Angliyaning Morkam shahrida, o‘nta yotoqxonali uyda yashaydi. Ularning to‘ng‘ich farzandi Kristofer 30 yoshda. U va uning 26 yoshli singlisi Sofi ota-onalaridan alohida yashaydi. Sofi turmushga chiqqan, uning ikki qizi va bir o‘g‘li bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi