21:24 / 07.04.2020
2 616

Yaponiyada fuqarolarga 2750 dollardan beriladi, iqtisodiyotga esa 1 trln dollar ajratiladi

Yaponiyada fuqarolarga 2750 dollardan beriladi, iqtisodiyotga esa 1 trln dollar ajratiladi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe / Foto: AFP
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 7 aprel kuni mamlakatning yettita prefekturasida 6 mayga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilishini rasman tasdiqladi.

Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z ichiga olgan 108,2 trln iyenga teng (994 mlrd dollar) rag‘batlantirish paketini e’lon qildi.

Paket hajmi Yaponiya YAIMning 20 foizini tashkil etadi, deb yozmoqda Bloomberg.
Mamlakat vazirlar mahkamasi ma’qullagan dasturda daromadi keskin kamaygan fuqarolarga 300 ming iyen (2750 dollar) miqdorida mablag‘ to‘lash ko‘zda tutilgan. Bu maqsad uchun 4 trln iyen ajratilgan.

Yana 2,3 trln iyen kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Yaponiya hukumati mamlakatdagi kompaniyalar inqiroz davrida o‘z bizneslarini saqlab qolishi uchun jami 45 trln iyen ajratadi.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 7 aprel kuni mamlakatning yettita prefekturasida 6 mayga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilishini rasman tasdiqladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada 4819 kishi koronavirusga chalingan, 108 kishi vafot etgan, 1211 kishi tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada fuqarolarga 2750 dollardan beriladi, iqtisodiyotga esa 1 trln dollar ajratiladi