21:43 / 07.04.2020
2 184

Boris Jonson reanimatsiyada. U o‘z o‘rniga qoldirgan Dominik Raab o‘zi kim?

Boris Jonson reanimatsiyada. U o‘z o‘rniga qoldirgan Dominik Raab o‘zi kim?
DINENDRA HARIA / ALAMY STOCK PHOTO
Mart oyi o‘rtalarida koronavirus yuqtirib olgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ahvoli 6 aprelga kelib og‘irlashdi. 55 yoshli bosh vazir Londondagi Sent-Tomas kasalxonasining intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

Endilikda uning vazifasini Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bajarib turadi. Boris Jonson ishonib o‘z vazifasini vaqtinchalik topshirgan bu vazir kim, bosh vazir mamlakatni boshqarishni nega unga topshirdi, quyida shular haqida.

Dominik Renni Raab 1974 yilda chexoslovakiyalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng avval Oksfordda, so‘ng Kembrijda tahsil olgan.

Turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan Dominik Raab 2018 yilning 9 iyulida sobiq bosh vazir Tereza Mey tuzgan ikkinchi hukumatda Devid Devis o‘rniga Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha vazir (Breksit vaziri) lavozimiga tayinlanadi. Hukumat tarkibida qisqa muddat ishlab, 2018 yil 21 oktabrda iste’foga chiqadi.

Boris Jonson Buyuk Britaniya bosh vaziriga aylangach, u 2019 yil 24 iyulda Dominikni tashqi ishlar vaziri etib tayinlaydi. Boris Jonson 2019 yil dekabrida ikkinchi hukumatni shakllantirganida Dominik Raab o‘z lavozimini saqlab qolishdan tashqari hukumatda birinchi vazir maqomini ham oladi. Bu unga Boris Jonson ishonganidan dalolat edi. Kecha 6 aprel kuni Boris Jonson unga Buyuk Britaniyaning vaqtinchalik boshqarib turishni topshirib, o‘sha ishonchini yana bir bor isbotladi.

Toni Blerning xaloskori
Dominik Raab tashqi ishlar vazirligida ishlab yurgan paytlarida Britaniya tashqi ishlar vazirligining Haaga xalqaro sudidagi vakili sifatida ishlagan paytida keng omma e’tiboriga tushgan.

O‘shanda u Serbiyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevich va Bosniyadagi Serb respublikasi prezidenti Radovan Karadjich ustidan bo‘lib o‘tgan sud jarayonlarida qatnashadi. Sud majlislaridan birida Slobodan Miloshevich sudyadan Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Blerni guvoh sifatida chaqirib, so‘roq qilishni talab qiladi. O‘shanda aynan Dominik Raab keltirgan dalillar ortidan sudya Miloshevichning talabini rad etadi. O‘sha voqeadan keyin Dominik Raab Toni Blerning xaloskori sifatida tilga olingandi.

Feministlar tanqidchisi
2011 yilda, Isher va Uolton okrugidan Britaniya parlamentining deputati bo‘lgan Raab feministlarni «jirkanch murosasizlik»da ayblab chiqadi. O‘shanda, o‘z aybloviga izoh bergan Dominik Raab so‘nggi vaqtlarda erkaklar dunyo bo‘ylab «shafqatsiz kamsitilish»ga duch kelayotgani haqida gapirgan.
Dominik Raabning fikriga ko‘ra, dunyo bo‘ylab erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq ishlaydi, ammo ish joylarini ayollardan ko‘ra osonroq yo‘qotadi.

O‘sha paytda Devid Kemeron hukumatida ikkita lavozim, Ichki ishlar vaziri va Ayollar va tenglik masalalari bo‘yicha vazir lavozimlarida ishlagan Tereza May Dominik Raabni feministlar to‘g‘risida bildirgan fikrlari uchun tanqid qilib chiqadi. Dominik Raabning feministlar bilan murosasizligi ham ma’lum ma’noda uning yanada tanilishiga sabab bo‘lgandi.

«Magnitskiy akti»

Raab Rossiya bilan munosabatlarda qat’iy pozitsiyani egallagan / GETTY IMAGES
2012 yilda Dominik Raab rossiyalik huquqshunos Sergey Magnitskiyning nohaq ayblanishi va qiynoqqa solinishi oqibatida halok bo‘lishi bilan bog‘liq ishdagi ishtiroki tufayli Buyuk Britaniyaga kirish taqiqlangan Rossiya amaldorlarining «Magnitskiy ro‘yxati»ni tuzish tashabbusi bilan chiqadi.

Dominik Raab «bunday ro‘yxatni tuzish nega kerak?» degan savolga asos sifatida, nohaqlikka qarshi doim kurashish kerakligini aytib, bunda bir-biriga raqobatdosh bo‘lgan ikki partiyaning senatorlari Ben Kardin va Jon Makkeyn hamkorlikda tuzgan hamda Barak Obama ma’muriyatining e’tirozlariga qaramay rossiyalik amaldorlarga qarshi cheklovlarni qabul qilgan AQSHni misol qilgan edi.

«Hatto Stalin davridagi mustabid tuzum ham qonun nomidan ish ko‘rgan va tartibni saqlab qolgan. Ayblanuvchilar avval sudga tortilgan, keyin qamoqxonalarga yuborilgan, ana undan keyin ovozi o‘chishi uchun ular jismonan yo‘q qilingan. Ammo Rossiyada ovozlar soxtalashtirilgan holda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan prezidentlik saylovlari arafasida Vladimir Putin, Rossiya tarixidagi eng yirik soliq firibgarligini fosh qilgani uchun qamoqqa tiqilganidan so‘ng salkam bir yil o‘tib, suddan avval qiynoqqa solinishi oqibatida halok bo‘lgan advokat Sergey Magnitskiyni o‘limidan so‘ng uni yana ayblashni rejalashtirmoqda», degan edi Dominik Raab Sunday Times gazetasiga bergan intervyusida.

O‘shanda «Magnitskiy ro‘yxati»ni tuzish haqidagi tashabbusi bilan u yanada mashhurroq bo‘lgandi.

«Breksit» vaziri

Dominik Raab rafiqasi, kelib chiqishiga ko‘ra braziliyalik bo‘lgan Erik Rey bilan / Facebook
Avvalgi kelishmovchiliklarga qaramay, 2018 yil iyul oyida bosh vazir Tereza May Dominik Raabni Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha vazir etib tayinlaydi.

«Breksit vaziri» sifatida qariyb besh oy ishlagan Raab 2018 yil noyabr oyida Tereza Mey tomonidan taqdim etilgan Yevropa Ittifoqi bilan tuzililishi rejalashtirilgan shartnoma loyihasini tanqid qilib, iste’foga chiqadi.

O‘sha loyihada Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiya uchun maxsus maqom berilishi Dominik Raabga yoqmaydi. Dominikning fikricha, loyiha Birlashgan Qirollikning (Buyuk Britaniyaning) hududiy yaxlitligiga raxna soladi.

Shartnoma loyihasida Breksit amalga oshirilganidan so‘ng Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiya bilan Yevropa Ittifoqi vakili bo‘lgan Irlandiya Respublikasi o‘rtasida hech qanday bojxona chegarasi bo‘lmasligi kerakligi nazarda tutilgan edi.

Eslatma: Bugun Irlandiya oroli ikkiga bo‘lingan. Uning katta qismi Irlandiya Respublikasiga tegishli. Shimoliy qismi esa Buyuk Britaniya tarkibiga kiradi va Shimoliy Irlandiya deb ataladi. Ancha yillardan beri Irlandiya Shimoliy Irlandiyadagi orolni yaxlit bir davlatga aylantirishni xohlovchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Shu tufayli ham Dominik Raab, agar Irlandiya va Shimoliy Irlandiya o‘rtasida alohida imtiyozli bojxona tartibi joriy qilinsa bu Buyuk Britaniyaning hududiy yaxlitligiga raxna soladi deb hisoblagan.

Shuningdek, loyihada agar tomonlar 2020 yil oxiriga qadar yangi bojxona rejimi to‘g‘risida kelishuvga erisha olmasalar, Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan yagona bojxona hududida qolishi va Yevropa Ittifoqining roziligisiz undan chiqa olmasligi belgilangan edi.

Breksitni qizg‘in qo‘llab-quvvatlaganlar, shu jumladan Dominik Raabning fikricha, loyihada ko‘zda tutilgan shartlar, ya’ni «bekstop» deb nomlangan narsa Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishini ortga surishni ifodalaydigan Brexit mohiyatini aks ettiradi.

O‘shanda Raab, Buyuk Britaniyaning 2019 yil 31 oktabrda Brexit’ni ortga surmasdan, hech qanday imtiyozli kelishuvsiz, Yevropa Ittifoqi taklif qilgan shartlar bilan chiqib ketishni xohlashini bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson reanimatsiyada. U o‘z o‘rniga qoldirgan Dominik Raab o‘zi kim?