Foto: PTI
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina uchun 20ta dori ko‘rib chiqilmoqda.
Dunyoda koronavirus pandemiyasi tugashini taxmin qilishga hali erta, bu mavzuni ikki haftadan keyin ko‘tarib chiqish mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.
"Bu haqda gapirishga hali erta. Hozirda turli mamlakatlarda tahlillar, modellashtirish o‘tkazilmoqda, yuqoriga harakatni sekinlashtirish kerak. Barchasi ko‘rilayotgan choralar va virus aholidan qanday o‘tishiga bog‘liq. Ehtimol, bu haqda ikki haftadan keyin gapirarmiz", - dedi Vuynovich.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi dorilar ustida klinik tadqiqotlar olib borilmoqda.
"Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina uchun 20ta dori ko‘rib chiqilmoqda", - dedi u.
JSSTning ma’lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1,28 million kishiga yetgan, 72 mingdan ortiq kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi