08:38 / 08.04.2020
2 145

Tramp pandemiya sababli bir oyda bir milliard dollar yo‘qotdi

Tramp pandemiya sababli bir oyda bir milliard dollar yo‘qotdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp biznesi koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantin choralari va iqtisodiyotning u uchun muhim sohalarida faollik pasaygani sababli bir oyda bir milliard dollar yo‘qotdi. Hozirda uning boyligi 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Oq uy rahbari aktivlari oxirgi oyda karantin choralari sababli bir mlrd dollar kamroqqa baholangan. Bungacha Trampning boyligi 3,1 mlrd dollarga baholangan, endi esa bu raqam 2,1 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

AQSH prezidenti aktivlari baholanishi uning kompaniyalari ishlaydigan segmentlarda aksiyalar narxi o‘zgargani asosida olib borilgan. 1 martdan 18 martgacha bir necha developerlik kompaniyalari aksiyalari narxi 37 foizga arzonlashib ketgan. Tramp kompaniyalarining katta qismi aynan developerlik sohasida ishlaydi.

Bundan tashqari, Nyu-York va San-Fransiskodagi savdo va ofis ko‘chmas mulki yo‘qotishlarga uchragan. Tramp turar-joy ko‘chmas mulkiga ega bo‘lib, uning narxi 235 mln dollardan 148 mln dollargacha tushib ketgan.

Shuningdek, Trampning AQSHdagi mehmonxona biznesi ham yo‘qotishlarga uchragan: uning Vashingtondagi mehmonxonalari va Mayamidagi kurorti kapitallashuvi 107 mln dollardan 38 mln dollargacha tushib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp pandemiya sababli bir oyda bir milliard dollar yo‘qotdi